Oʻzbekistonda tranzit yuklarni tashish hajmi 23 foizga oshdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Tovarlarning asosiy qismi temir yo'l orqali tashilgan
                    
                            
2023-yilda O‘zbekiston orqali 11,2 million tranzit yuk tashilgan, deya xabar berdi Statistika agentligi. Bu 2022-yilga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.
Jami yuklarning 81,3% temir yoʻl transportida tashilgan – 9,1 mln.t., avtomobil transportida – 2,1 mln.t.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda tezyurar konteyner poyezdlarida yuk tashish hajmi ikki barobarga oshgani haqida yozgan edi.
