Yangiliklar

O‘zbekiston bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganadi

Tomonlar parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirishga ham kelishib oldilar
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston texnik yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, ijtimoiy himoya va sug‘urta, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish borasida Xitoy tajribasini o‘rganmoqchi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi ishtirokidagi uchrashuv vaqtida aytib o‘tildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi so‘nggi yillarda ikki barobarga, qo‘shma korxonalar soni esa 3 barobarga oshgani qayd etildi.

Tomonlar parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish, «O‘zbekiston-Xitoy» do‘stlik guruhlarini faolligini oshirishga kelishib oldilar. Shuningdek, uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turibdi.