Qaysi O‘zbekiston banklari faollik reytingida o‘z o‘rnini yaxshilagan

eʼlon qilindi
Mamlakatdagi kichik moliyaviy tashkilotlar orasida “Davrbank” peshqadam
Foto: Skorzewiak

O‘zbekistonning yirik banklarining 2023-yilning IV choragidagi faollik reytingida «Kapitalbank» birinchi o‘rinni saqlab qoldi, deb xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) matbuot xizmati.

Reytingga jami 17 ta O‘zbekiston moliya tashkilotlari kiritilgan. Ikkinchi o‘rinni «Trastabank» egalladi. Kuchli uchlikni «Hamkorbank» yakunladi.

Eng yomon natijalarni 17-o‘rinni egallagan «Asaka bank» ko‘rsatdi.

Kichik banklar ro’yxatiga 11 ta moliyaviy tashkilot kiradi. Unda birinchi o‘rinni «Davrbank» egalladi. «Ziraat banki» va «Universal bank» ikkinchi va uchinchi o’rinlarni saqlab qolishdi.

Oxirgi, 11-o’rinni «UzKDB Bank“ egallab turibdi.

Avvalroq, “Kursiv» Yevroosiyo banki 2024-yilda O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishini yozgan edi.

Shuningdek