Samarqand viloyatidagi korxona 753 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
                    
                            
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi tosh qazib oluvchi korxona 753 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tekshiruv davomida korxona jihozlari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari «o‘g‘irlik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Avvalroq, Kursiv Samarqand viloyatidagi mayning-fermada 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.
