Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi tosh qazib oluvchi korxona 753 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tekshiruv davomida korxona jihozlari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari «o‘g‘irlik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Avvalroq, Kursiv Samarqand viloyatidagi mayning-fermada 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.