Shavkat Mirziyoyev va OIIB rahbari loyihani moliyalashtirish masalalarini muhokama qilishdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zR rahbari Xitoyga tashrifi doirasida Szin Litsyun bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifi doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szin Litsyun bilan uchrashdi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqdilar hamda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan bank boshqaruvchilari kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishni muhokama qildilar. Tadbir 2024-yil sentabriga rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni amalga oshirishni ko‘paytirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.

Avvalroq, «Kursiv» Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi davlat aktivlarini xususiylashtirishga jalb qilmoqchi ekani xabar qilingandi.

Shuningdek