Tadbirkorlik reytingi joriy etiladi

eʼlon qilindi
1-fevraldan boshlab
Foto: sinenkiy / depositphotos.com

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilikka rioya qilgan tadbirkorlarni aniqlaydigan va mukofotlaydigan reyting joriy etiladi.

Reyting elektron platformada avtomatik tarzda tuziladi va bir nechta toifalarga bo‘linadi:

«AAA», «AA» va «A» toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

«BBB», «BB» va «B» toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;

«CCC», «CC» va «C» toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

«D» toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarga hukumat mukofotlari va «Faol tadbirkor» koʻkrak nishonlari beriladi.

Avvalroq, «Kursiv» Tadbirkorlar uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek