Xitoyning Sindao shahri O‘zbekiston yuk tashuvchilari uchun ochildi

eʼlon qilindi
Yangi savdo yo‘li tovarlarni “eshikdan-eshikkacha” yetkazib berish imkonini beradi
Foto: Transport vazirligi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida savdo yoʻnalishi ochildi, deb xabar qildi mamlakatimiz Transport vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, yangi transport yoʻli Oʻzbekistonni Xitoyning Sindao shahri bilan bogʻlaydi. Ushbu aholi punkti Xitoyning sharqiy mintaqasida joylashgan va Sariq dengizga chiqish imkoniyatiga ega.

Marshrut yuklarni «eshikdan-eshikkacha» yetkazib berish imkonini beradi. Ushbu turdagi tovarlarni etkazib berish tashuvchi va jo’natuvchining vaqtini tejashga yordam beradi.

Transport vazirligi yuklarni yetkazib berishni tezlashtirish uchun yuk tashuvchi haydovchilarga ruxsatnoma olishda yordam berilayotganini qayd etdi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilda O‘zbekistonda tezyurar konteyner poyezdlarida yuk tashish hajmi ikki barobarga oshgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek