Afg‘onistondan Xitoyga yo‘l qurilishi 80 foizga yakunlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Tolibon xabar berdi
Foto: Unsplash

Afg‘onistonning Bozay-Gandad aholi punktidan Xitoy bilan chegarasigacha bo‘lgan yo‘l 80 foizga qurib bitkazildi, dedi Tolibon hukumati Qishloq taraqqiyot vazirligi apparati rahbari Mirza Muhammad Shakib. Uning so‘zlarini Sputnik agentligi iqtibos qilib keltirgan.

Afg‘onistonni Xitoy bilan bog‘lashi kerak bo‘lgan yo‘l uzunligi 49,7 kmni tashkil qiladi. Yo‘l qurilishiga 4,6 mln dollar ajratilgan, ish 2023-yilning kuzida boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Xitoy 2021-yil avgustida Tolibon hokimiyatga kelganidan beri Afg‘onistonga elchi tayinlagan birinchi davlat bo‘ldi.

Shuningdek