
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogida terma jamoamizni 1/8 finalida raqibi aniqlandi.
F-guruhidan pley-off bahslariga yo‘l olishgan Saudiya Arabistoni va Tailand terma jamoalari bo‘lishdi.
30-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 Al-Vakra shahridagi «Al-Janub» stadionida hamyurtlarimiz 1/8 finalida Tailand vakillariga qarshi to‘p surishadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan durang o‘ynadi va pley-off bahslariga chiqqani haqida e’lon qilgan edi.