O‘zbekiston va Xitoyning birinchi xonimlari ayollar huquqlarini muhokama qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ular Oʻzbekiston-Xitoy doʻstligini rivojlantirish niyatlarini bildirdilar
                    
                            
O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Pekinda Xitoyning birinchi xonimi Pen Liyuan bilan uchrashib, xayriya ishlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildi, deya xabar bermoqda «Sinxua».
Mamlakatlarning birinchi xonimlari Toshkent va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar rivojida erishilgan yutuqlarni qayd etib, kelgusida ham O‘zbekiston-Xitoy do‘stligini rivojlantirish niyatini bildirdilar.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgan edi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.
