O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari uchun yuqori texnologik parklari ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Guandun provinsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zR rahbari Shavkat Mirziyoyev va Guandun provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin O‘zbekiston hududlarida Guandun kompaniyalari uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik parklarini ochish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi rahbari Guandunning yirik kompaniyalari, jumladan Huawei, BYD va ZTE bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev va Xuan Kunmin IT-ta’lim sohasidagi hamkorlik va toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zR prezidenti Shenchjendagi biznes-forumda nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edi. Tadbirda Xitoyning yirik kompaniyalari, jumladan China Energy, China CAMC Engineering va Gezhouba Group kompaniyalarining besh mingdan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek