Reuters: Tesla yangi avlod avtomobilini yaratishni rejalashtirmoqda
eʼlon qilindi
2025 yil o'rtalaridan boshlab
Tesla 2025-yil o‘rtalaridan yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Reuters.
Bu ma’lumotni Amerika kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask tasdiqladi. Ishlab chiqarish Teslaning Texasdagi zavodida boshlanadi, mashina Redwood deb nomlanishi rejalashtirilgan.
Boshlang‘ich narxi 25 ming dollar bo‘lgan yangi model arzonroq avtomobillar, jumladan, tobora ommalashib borayotgan Xitoyning BYD avtomobillari bilan raqobatlashish imkonini beradi, deyildi xabarda.
BYD 2023-yil oxirida Tesla’ni ortda qoldirib, dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi.
Avvalroq, Kursiv Xitoy 2023 yilda eng yirik avtomobil eksportchisiga aylangani haqida yozgan edi.