Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan Hududlar kengashi tuzish, temiryoʻl qurilishi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Pekinda ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev XXR rahbariga «kambagʻallikka qarshi kurashish» boʻyicha hamkorlikka shaxsan eʼtibor qaratayotgani va qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekistonda Xitoyning «Lu Ban ustaxonasi» professional taʼlim tizimini joriy qilish boʻyicha pilot loyiha boshlanganini olqishladilar.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik natijalariga eʼtibor qaratildi. Oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 14 mlrd dollarga yetgani taʼkidlandi. Tomonlar ushbu koʻrsatkichni 20 mlrd dollargacha yetkazish masalasida oʻzaro kelishib oldilar.

Shuningdek, soʻnggi yillarda Xitoyning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi hajmi 5 barobarga oshgani, qoʻshma korxonalar soni esa 3 barobar koʻpaygani qayd etildi.

Mirziyoyev va Si Szinpin infratuzilma, sanoat, qishloq xoʻjaligida texnologiyalar transferi hamda yashil energiya yoʻnalishlarida hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qildilar.

Uchrashuvda ishtirokchilar Xitoyning yetakchi banklari va «Ipak yoʻli» fondi, shuningdek Osiyo infratuzilma investisiyalari banki moliyaviy-texnik hamkorligi yuqori darajaga chiqqanini qayd etdilar.

Oʻzbekiston prezidenti investisiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy vositalarni kengaytirish, jumladan umumiy platforma yaratish, shuningdek Toshkent shahrida Xitoy «Eksimbank»ining Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasini ochish toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllab-quvvatladi.

Prezident shuningdek, xitoylik hamkorlarni Oʻzbekistondagi davlat tashkilotlari va banklarning xususiylashtirilishi jarayonida ishtirok etishga chaqirdi.

Mintaqalararo almashinuvlar uchun Oʻzbekiston va Xitoy hududlari kengashini taʼsis etish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Tomonlar shuningdek, Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temiryoʻlining qurilish loyihasini jadallashtirish muhimligini qayd etdilar. Bundan tashqari, birinchi qoʻshma Yoshlar innovatsiya forumini oʻtkazish taklif qilindi.

Uchrashuvda tomonlar joriy yilning birinchi yarmida hukumatlar aro qoʻmita va boshqa quyi qoʻmitalar yigʻilishlarini oʻtkazishga kelishib olishdi.

Prezident Oʻzbekistonning «Yagona Xitoy» siyosati va «uch yovuz kuch»ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi oʻzgarmas ekanini taʼkidladi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev XXR raisini Oʻzbekistonga tashrif qildi, shuningdek uni Xitoy xalqining yaqinlashib kelayotgan Yangi yili – Chun Sze bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek