Shavkat Mirziyoyev va BYD prezidenti Jizzax viloyatida elektromobillar ishlab chiqarilishiga start berishdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Zavod yiliga 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Shenchjen shahrida Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillarni yig‘ish zavodini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zR rahbari Shavkat Mirziyoyev va BYD prezidenti Van Chuanfu ishtirok etdi.

Zavod yiliga 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zR prezidenti yaqin kelajakda bozor talabini hisobga olgan holda modellar assortimentini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 mingtaga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Kelajakda kompaniya elektr avtobuslarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish va muhandislik-servis markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Tadbir davomida Shavkat Mirziyoyevga O‘Zr’ga jo‘natilgan 10 minginchi BYD elektromobili sharafiga YANGWANG U8 avtomobili sovg‘a qilindi.

Avvalroq, «Kursiv»  Xitoyning SANY kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek