Shimoliy Koreya yangi strategik raketani sinovdan o‘tkazdi

eʼlon qilindi
Sinov qo‘shni davlatlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmadi
Foto: DW

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) chorshanba kuni Sariq dengiz tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi. Yana, yangi strategik qurol Pulhwasal-3-31 sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi «Interfaks» mamlakat Markaziy telegraf agentligiga tayanib.

Sinov haqidagi batafsil ma’lumotlar oshkor etilmagan, biroq Koreya tomoni sinov qo‘shni davlatlar xavfsizligiga ta’sir qilmaganini aytib o‘tdi.

Agentlikning manbalarga tayanib qayd etishicha, uchirilgan raketalar aylanib uchgan va ehtimol yerdan uchirilgan.

«Kursiv» yanvarda Shimoliy Koreya suv osti yadro qurolini sinovdan o‘tkazganini yozgan edi.

Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh tahdidi uchun, KXDR raketa uchirilishi zarurligini ta’kidlaydi.

Shuningdek