Yangiliklar

Tata Steel turnirida Nodirbek Abdusattorov Niderlandiya vakili ustidan g‘alaba qozondi

Yetti soat davom etgan bahsda
Foto: Tata Steel

Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida «Tata Steel Chess-2024» musobaqasining 10-turi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda niderlandiyalik Maks Varmerdam hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bilan uchrashdi.

Biroq, Varmerdam o’z maydonidagi ustunlikka qaramay, qariyb yetti soat davom etgan bahsda Abdusattorovni mag’lub eta olmadi. Bu shaxmatchimizning turnirda mag’lub etgan uchinchi niderlandiyalik raqibidir.

Ushbu g‘alaba evaziga yurtdoshimiz o‘z ochkolarini 6,5 taga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.

11-turda Nodirbek Abdusattorov yetti maratoba jahon chempioni Ju Ven Ju bilan bahs olib boradi.

Tata Steel turniri 13-turdan iborat.

Avvalroq, «Kursiv» Tata Steel turnirida Nodirbek Abdusattorov Eron vakili ustidan g‘alaba qozondi, deb xabar bergan edi.