2023-yilda Toshkent metrosida har kuni oʻrtacha 445,9 mingta yoʻlovchi tashilgan. Koʻrsatkichlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 19 foizga yuqori boʻlgan. Bu haqida Statistika agentligi maʼlum qildi.
Toshkent metropolitenida oʻtgan yili 162,7 mln nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yildagi koʻrsatkichdan 26 millionga koʻproq.
Avvalroq, «Kursiv» metro poyezdi texnik nosozlik tufayli «Doʻstlik» bekatida toʻxtab qolgani haqida yozgandi.