Xitoyda yana bir necha zilzilalar sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Qozog‘istonda ham sezildi
25-yanvar, payshanbaga o‘tar kechasi Xitoyda 5,9 magnitudali yer qimirlashi ro‘y berdi, bu haqda Seysmologik eksperimental metodik ekspeditsiya ma’lumotlariga ko‘ra ma’lum bo‘ldi.
Eng kuchli zilzila Toshkent vaqti bilan 03:21 da qayd etilgan. Olmaotada ham sezildi. Qozog‘iston shahridagi yer silkinishlarining kuchi ikki ballga baholandi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) seysmik prognozlar monitoringi markazi ushbu zilzilalar haqida xabar bermadi.
Eslatib o‘tamiz, 23-yanvarga o‘tar kechasi Xitoy va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida bir necha zilzilalar sodir bo‘lgan. Ular O‘zbekiston va Qozog‘istonda sezildi. Olmaotada 40 dan ortiq kishi jabrlanishgan.