26-yanvar kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toshkentda qor yogʻishda davom etadi, ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin.
Foto: Depositphoto

Bugun, 26-yanvar kuni Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida yomgʻir va qor yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari bundan mustasno. Havo harorati 2-7 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

Respublikaning togʻli hududlarida qor yogʻib, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida esa qor koʻchishi mumkin.

Toshkent shahrida kuning birinchi yarmida qor yogʻishda davom etadi. Harorat 3-5 daraja iliqni tashkil qiladi.

Shuningdek