Yangiliklar

Erdogʻan Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʼqulladi

Mamlakat parlamenti ushbu qarorni qoʻllab-quvvatlagan
Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdogʻan Shvesiyaning NATO aʼzoligi ratifikatsiyasini maʼqulladi. Bu haqida «Anadolu» agentligi maʼlum qildi.

«Prezident Rajab Tayip Erdogʻan Turkiyaning Buyuk millat majlisi tomonidan qabul qilingan va Shvesiyaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qoʻshilishi nazarda tutilgan qarorni maʼqulladi. Erdogʻan Shvesiyaning NATO aʼzosiga aylanishi haqidagi prezident qarorini imzoladi va tegishli protokolni tasdiqladi», – deyiladi Turkiya prezidentining aloqalar boʻyicha boshqarmasi bayonotida.

Agentlik shu tariqa Shvesiyaning NATOga qoʻshilishi boʻyicha 2022-yil iyul oyida imzolangan protokol ratifikatsiya qilinganini qayd etgan.

Avvalroq, «Kursiv» Turkiya parlamenti aʼzolari joriy haftada Shvesiyaning NATOga qoʻshilishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni maʼqullaganlari haqida yozgandi.