Xitoyda ko‘chki tufayli 40 dan ortiq kishi halok bo‘lishdi
eʼlon qilindi
900 dan ortiq mahalliy aholi evakuatsiya qilingan
Xitoy janubi-g‘arbidagi ko‘chki joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Hodisa oqibatida 44 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi, deya xabar beradi Xinhua.
22-yanvar, dushanba kuni erta tongda Yunnan provinsiyasidagi tog‘li Lyanshuy qishlog‘ida ko‘chki sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat jiddiyligi sababli qishloqdan 918 kishi evakuatsiya qilingan. 40 dan ortiq odamlar bedarak yo‘qoldi. Besh kundan keyin ularni o‘lgan deb e‘lon qilishdi.
Mahalliy hokimiyat organlari vayron bo‘lgan qishloq infratuzilmasini qayta tiklash rejasini ishlab chiqmoqda. Aholi olti oy muddatga boshqa joyga ko‘chirildi.
Avvalroq, «Kursiv» 2023 yil bahorida Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘lganini eʼlon qilgan edi. Qurbonlar yo‘q edi.