Intel Qashqadaryoda videokarta va noutbuklar ishlab chiqaruvchi zavod ochadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Xitoy kompaniyasi bilan xamkorlikda
Foto: Daryo

Global texnologiya giganti Intel kompaniyasi Xitoyning Shenzhen T.D.S Electronic Technology kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida zavod ochishni rejalashtirmoqda. Korxonada monobloklar, noutbuklar, ona platalar va videokartalar ishlab chiqariladi.

Viloyat hokimligi mutasaddilari Shenchjen shahrida kompaniya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishlab chiqarish ochish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi «Daryo» axborot agentligi.

Uskunalar «Qarshi» erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqariladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1 mln mahsulotdan oshadi.

Loyiha qiymati 30 mln dollarga baholanmoqda. Zavodning ishga tushirilishi 2024 yilning IV choragiga mo‘ljallangan. Korxonada 120 kishi ish bilan taʼminlanadi, ularni  Xitoyga o‘qitishga jo‘natishadi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilda Intel Isroil zavodiga rekord darajadagi 25 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi ekani xabar qilgan edi.

Shuningdek