Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi

Viloyat byudjeti zaxira fondidan
Foto: «Yangi O‘zbekiston»

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazoqov «Navbahor» futbol jamoasiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi, deb xabar beradi «E-qaror» platformasi.

Hokim 19 va 25-yanvar kunlari tegishli farmoyishlarni imzolagan. Ta’kidlash joizki, birinchi transh 500 mln so‘mni, ikkinchisi 2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Mablag‘ Namangan viloyatida futbolni rivojlantirish va «Navbahor»ning moliyaviy ahvolini tiklash uchun viloyat budjetining zaxira fondidan ajratildi.

«Navbahor» futbol klubi 1974-yilda Namanganda tashkil etilgan. Jamoa 1999-yilgi O’zbekiston Superkubogi sohibi.

O‘zbekiston Respublikasi Superligasining o‘tgan yilgi mavsumida «Navbahor» 47 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi. O‘shanda «Paxtakor» chempion bo‘lgan edi, «Nasaf» ikkinchi o’rinni egallagan.

Avvalroq, «Kursiv» «Navbahor», «So‘g‘diyona» va «Neftchi» futbol klublari oylik maoshlari bo‘yicha qarzdorlik borligi haqida xabar bergan edi.