Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi 0,2 foizga oʻsdi

eʼlon qilindi
Ushbu koʻrsatkich dekabr oyida qayd etilgan
Foto: AndreyPopov/Depositphotos

Oʻzbekistonda 2023-yilning dekabr oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) noyabr oyiga nisbatan oʻsdi. Koʻrsatkich 1002 birlikni tashkil etgan holda 0,2 foizga oshgan. Bu haqida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITVI) maʼlum qildi.

Indeksning moʻtadil oʻsishiga bank operatsiyalarining 5,9 foizga oshgani, kompaniyalar faolligining esa 1,2 foizga pasaygani sabab boʻlgan.

Shuningdek, tovar-xomashyo birjasidagi kelishuvlarning 4,9 foizga kamaygani, brendlarni roʻyxatdan oʻtkazishning 11,7 foizga oshgani ham vaziyatga bevosita taʼsir koʻrsatgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida 45,8 foiz, Samarqand viloyatida 42,6 foiz va Xorazm viloyatida 40,8 foizga oʻsish qayd etilgan.

Avvalroq, «Kursiv» oʻtgan yilning noyabr oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi 2 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek