Oʻzbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli oʻz vazifasiga kirishdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        U BAA TIV Dubay boʻlimi rahbari bilan uchrashdi
                    
                            
Oʻzbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli Kamol Ikromov BAA TIV Dubay boʻlimi rahbari shayx Maktum bin Butti al-Maktum bilan uchrashdi va undan konsullik patentini qabul qilib oldi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek iqtisodiyot, savdo-sotiq, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, turizm, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi loyihalar istiqboli muhokama qilindi.
Bunga qadar ushbu lavozimda 2019-2024-yillar mobaynida Dubay Bosh konsulxonasida faoliyat yuritgan Alisher Salomov ishlagan.
