O‘tgan yili Toshkent avtobuslari 241 mlndan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishdi

eʼlon qilindi
O‘rtacha kunlik avtobus qatnovi 16,8 mingtani tashkil etdi.
Foto: Kursiv/ Roman Fedotov

2023 yilda «Toshshahartransxizmat» avtobuslari 241,7 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Toshkent shahrida har kuni ushbu turdagi jamoat transporti 662,3 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatgan, bu 2022 yilga nisbatan 62 foizga ko‘proqdir.

Taqqoslash uchun, 2022-yilda avtobusda 404,4 ming yo‘lovchi qatnagan.

Avtobus harakati o‘rtacha kunlik soni 16,8 mingtani tashkil etdi.2022-yilga nisbatan 59,8 foizga o‘sdi.

Bugungi kunda poytaxt jamoat transporti tarmog‘i 165 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, 1 kunda 1700 ga yaqin avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahriga elektrobuslar xarid qilish va ular uchun infratuzilmani rivojlantirish uchun 61,9 mln dollar yo‘naltiriladi.Ushbu farmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan.

Shuningdek