26-yanvar, juma kuni Toshkent havosida zararli PM2,5 zarralari kontsentratsiyasi bir kun oldingiga nisbatan 80 foizga kamaydi. Biroq, PM2,5ning miqdori hamon me’yordan ortiq, bu safar 4,2 baravarga, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Eslatib o‘tamiz, PM2.5 asfalt, avtomobil shinalari va og’ir metallarning mayda bo’laklaridan iborat. Ularning havodagi yuqori konsentratsiyasi inson salomatligi uchun xavflidir.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda havo sifatini kuzatish uchun milliy platforma, shuningdek, mobil ilova yaratilishi haqida yozgan edi. Loyiha mamlakatning Ekologiya va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.