Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida yana zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Olmaotaliklar silkinishni his qilishdi
Foto: gmac84 / depositphotos.com

22-yanvar kuni Qirg‘iziston va Xitoy chegarasida ro‘y bergan kuchli zilziladan keyin ketma-ket silkinishlar davom etmoqda. To‘rt kundan so‘ng, jumaga o‘tar kechasi mutaxassislar bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatlarda sezilgan silkinishlarni qayd etishdi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 01:01 da Xitoy va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.

Ikki magnitudali zilzila Qozog‘istonning Olmaota va Talgar shaharlarida ham sezildi. Mazkur aholi punktlarida vaziyat barqaror deb baholanmoqda.

22-yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston-Xitoy chegarasida qator yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Yer qimirlashining aks-sadosi Qozog‘iston va O‘zbekiston aholisi his qildi. Olmaotada zilzila kuchi besh balga  yaqin bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi uskunalarini tanqid qilgan.

Shuningdek