O‘zbekiston aholisi soni 36,8 million kishiga yetdi
eʼlon qilindi
Respublika Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
2024-yil boshida O‘zbekistonda doimiy aholi soni 36,79 million kishini tashkil qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Respublika doimiy aholisining umumiy o‘sishi 774,9 ming kishiga yetdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 36,7 million aholining 18,5 millioni erkaklar, 18,2 millioni ayollardir.
Shahar aholisining ulushi 51 foizni, qishloq aholisi esa 49 foizni tashkil etdi.
Respublikamizning eng ko‘p fuqarolar yashovchi hududlari Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridir. Joriy yil boshida Samarqand viloyatida 4,2 million, Farg‘ona viloyatida 4 million aholi istiqomat qilgan.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda aholi boshiga kuniga taxminan 4,7 ming litr suv to‘g‘ri kelishi haqida yozgan edi.