Armaniston hukumati Ozarbayjon bilan munosabatlardagi keskinlikni kamaytirish uchun bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Bularga hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi kelishuv va oʻzaro qurol-yarogʻ nazorati choralari kiradi, dedi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.
«Shuningdek, biz Ozarbayjonga chegarani demilitarizatsiya qilishni, (…) oʻzaro qurol nazorati mexanizmini, (…) hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi paktni imzolashni taklif qildik», — deya Pashinyanning soʻzlaridan iqtibos keltiriladi ArmenPress internet portalida. Bu haqda bosh vazir 28-yanvar kuni Armaniston armiyasining 32-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda bayonot berdi.
Pashinyanning tushuntirishicha, agar Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolash tartibi cho‘zilsa, bu choralarni amalga oshirish taklif qilinmoqda.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Armaniston «oʻz suverenligidan boshqa hech qanday hududga daʼvo qilmaydi». Mamlakat tegishli kafolatlar berishga tayyor, ammo bunga javoban Ozarbayjon ham kerakli choralarni qo‘llashini kutmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida 2023-yil sentabrida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tufayli keskinlik avj olgani haqida yozgan edi.