Haftaning ilk kunida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        “O‘zgidromet” 29-yanvar kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. 
                    
                             
Bugun, 29-yanvar kuni respublika bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayib, 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarga tuman tushadi. Bu haqida «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo harorati 5-7 daraja iliqni tashkil qiladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, shamol 5-10 m/s tezlikda esishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarga tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan.
