Hisob palatasiga Adiz Boboev rahbarlik qiladi. Uning tayinlanishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi onlayn yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Boboyev 2023-yil fevralidan 2024-yil yanvarigacha respublika iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Shu bilan birga, Hisob palatasi raisining o‘rinbosari Mehriddin Abdullayev raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zR Hisob palatasi 2002-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkilot respublika budjeti ijrosini nazorat qilish hamda oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq, «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev Transport vazirligi rahbariga so‘ngi ogohlantirish bergani haqida yozgan edi.