Minskda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining savdo uyi ochildi

eʼlon qilindi
Unda import-eksport operatsiyalari amalga oshiradi
Foto: Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi

Minskda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) Savdo uyi ochildi, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.

Uning ochilishi Belarus va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatalari vakillarining uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi. Savdo uyi ikki davlat oʻrtasida eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Belarusda logistika markazi ochishga ham kelishib oldilar.

Avvalroq, Kursiv Polsha va O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashini tuzishi haqida yozgan edi.

Shuningdek