Mirziyoyev: avtomobillar hashamatga aylanishi kerak

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Rahbarlarga ushbu muammoga yechim topishni topshirdi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Toshkentdagi tirbandliklar masalasini ko‘tardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ular «katta muammo»ga aylangan.

«Ayrim ko‘chalarda ish kunlari o‘rtacha 7-9 ballik, baʼzan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, baʼzilariga 2 karra ko‘p yuklama tushmoqda»-— dedi Mirziyoyev.

Natijada, tig‘iz vaqtda manzilingizga yetib borish uchun ikki barobar ko‘proq vaqt ketadi. Shu bois prezident bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Transport vazirligi va Toshkent hokimligiga muammoning yechimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Shaharsozlik va yo‘l harakatiga masʼul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar «Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart. Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak», – dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 27-dekabr kuni Toshkentda yetti balli tirbandlik yuzaga kelgan edi. «Chorsu» bozori, Islom Karimov nomidagi aeroport, Shastri nomidagi 24-maktab, «Hofiz Ko‘xaki» masjidi, «O‘zbekiston» metro bekati va boshqa ko‘chalar yaqinida avtomobillar to‘planib qolgan.

Shuningdek