O‘zbekiston fuqarolari kamroq turmush qurishmoqda

eʼlon qilindi
Ko'rsatkichlar 4,3 foizga kamaydi
Foto: Piqsels

2023-yilda O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan nikohlar soni 283,8 mingtani tashkil etdi. 2022-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,3 foizga kamaygan, deya xabar berdi Statistika agentligi.

O‘tgan yilning oxirida ayollarning o‘rtacha turmush qurish yoshi 22 yoshni, erkaklarniki 27 yoshni tashkil qildi. Bundan tashqari, barcha nikohlarning 81,3 foizi 25 yoshgacha bo’lgan ayollar o’rtasida to’g’ri keladi.

Eng ko‘p nikohlar Samarqand (32,2 ming), Farg‘ona (31,1 ming) va Qashqadaryo (30,9 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda ajralishlar soni qariyb 75 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek