O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $9,8 milliardga yetdi

eʼlon qilindi
2023-yil natijalariga ko‘ra
Foto: Piqsels

2023-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $9,8 milliardga yetdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsuli Burhon Aliqulov taqdim etgan maʼlumotlarga tayanib TASS xabar berdi.

Bosh konsulning aytishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq hajmi yildan yilga oshib bormoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 5 foizga o‘sgan.

«Birgina o‘tgan yilning o‘zida Rostov viloyatining ishbilarmon doirasi vakillari O‘zbekistonga uch marta tashrif buyurishdi. Bizda huquqiy baza mavjud, Jizzax va Rostov viloyatlari o‘rtasida mintaqalar aro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolangan. U iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim etadi», – dedi Aliqulov. 

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8 barobarga – 1,3 milliard dollargacha oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek