O‘zbekistonda ajrimlar soni qariyb 75 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Ko‘rsatkichlar farzandsiz oilalar o‘rtasida balandroq
Foto: Piqsels

2023-yilda O‘zbekistonda 49,2 mingta ajrim holati qayd etildi. Bu 2020-yilga nisbatan 74,4 foizga ko‘proq. Raqamlar Statistika agentligi tomonidan eʼlon qilindi. 

Ajrimlarning 60,7 foizi shahar, 39,3 foizi esa qishloq aholisi ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

50 foiz holatda farzandsiz, 27,7 foiz holatda esa bir nafar farzandi bor juftliklar ajrashishga qaror qilishgan.

Ajrim uchun murojaat qilgan erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi 37,2, ayollar orasida esa 32,8 bo‘lib turibdi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi har o‘ninchi fuqaro yolg‘iz o‘zi hayot kechirishi haqida yozgandi.

Shuningdek