O‘zbekistonda elektromobil xarid qilgan aholi rag‘batlantiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.
Foto: Deposit

O‘zbekistonda aholining elektromobillarga o‘tishi rag‘batlantiriladi. Bu «Yashil energetika”ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarni kamaytirish chora-tadbirlari doirasida amalga oshiriladi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Prezident bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tirbandliklar havo sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini alohida taʼkidlab, jamoat transportini rivojlantirish borasidagi ishlar yana-da jadallashtirilishi kerakligini qayd etgan.

Shunga ko‘ra, endilikda avtobuslar xarid qilishda asosiy eʼtibor ularning yo‘lovchi sig‘imiga qaratiladi. Bundan tashqari, metro vagonlari sonini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Shuningdek