2024-yil 28-yanvar kuni Veyk-an-Zi shahrida ohirgi 13-tur bo‘lib o‘tdi. 12- yanvarda boshlangan 86-Tata Steel Chess turniri butun dunyodan shaxmat ixlosmandlarining e’tiborini tortdi. O‘n uchta tur natijasiga ko‘ra, o‘tgan yilgi chempion Anish Giri hindistonlik Gukesh D, Nodirbek Abdusattorov va xitoylik Vey Yi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi.
Yakunda g’olibni aniqlash uchun tay-breyk (qo‘shimcha raund) o‘tkazildi. Tay-brekda Vey Yi hamyurtimizni mag‘lub etdi va Gukesh D esa Niderlandiyalik o‘tgan yilgi chempion ustidan g‘alaba qozondi. Finalda Vey Yi Gukesh Dni mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.
Nodirbek Abdusattorov faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va sovrindorlar ro‘yxatiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, Tata Steel turnirida Nodirbek Abdusattorov Niderlandiya vakili ustidan g‘alaba qozongan va 10-tur natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinda edi.