Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonga 50 ming sayyohni jalb qilishga yordam beradi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi xabar berdi
Foto: Piqsels

Xitoyning China Comform Tourism turoperatori Oʻzbekistonga 50 ming sayyohni joʻnatishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Turizm qoʻmitasi.

Bu borada qo‘mita rahbari Umid Shodiev sayyohlik kompaniyasi rahbariyati bilan kelishuvga erishdi.

China Comform Tourism 1984 yilda tashkil etilgan Xitoyning yirik sayyohlik kompaniyasidir. Yillik daromadi 1,5 milliard dollar. Kompaniyaning Xitoyda 300 ta filiali bor.

Avvalroq, Kursiv 2023-yilda O‘zbekistonga 6,6 million sayyoh tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek