AQShda birinchi miya chipini odamga o‘rnatishdi
Amerikalik biznesmen Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi birinchi marta insonga miya chipini joylashtirdi, deb xabar berdi Reuters kompaniya rahbariga tayanib.
«Birinchi natijalar yaxshi bo‘lib chiqdi: neyron o‘zgarishlari qayd etilayapti», — deya Maskning soʻzlarini keltirgan agentlik. Uning qo‘shimcha qilishicha, bemorning sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda.
2023-yilda Amerika FDA (Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi) Neuralink kompaniyasiga miya implantining birinchi insoniy sinovini o‘tkazishga ruxsat berdi. Sentabr oyida kompaniya ko’ngillilarni yollash uchun ruxsat oldi.
Mask Neuralink’ga 2016-yilda asos solgan. Tadbirkorning ta’kidlashicha, kompaniyaning maqsadi miya kasalliklarini davolash uchun asboblar yaratish va kelajakda odamlarni yaxshilashdir.
2019-yilda kompaniya o‘zining birinchi miya chiplarini namoyish etdi. Ularning sinovlari hayvonlarda o‘tkazildi.
Avvalroq, «Kursiv» avgust oyida Maskning kompaniyasi navbatdagi sarmoya raundida 280 million dollar to‘plaganini e’lon qilgan edi.