Qoidabuzarliklar uchun banklar qanday jarimalar to‘lashadi

eʼlon qilindi
Qonun 2024-yil 26-aprel kuni kuchga kiradi
Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv

Markaziy bank tomonidan 2024-yil 26-apreldan kuchga kiradigan «Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan chora-tadbirlar va sanksiyalar to‘g‘risida»gi yangi nizomni tasdiqladi. Hujjatda 11 turdagi qoidabuzarliklarni jamlagan.

Ayrim hollarda jarima miqdori 2 milliard so‘mga yetishi mumkin. Ammo miqdor qonun buzilishining jiddiyligiga bog’liq. Masalan, bankda muammoli aktivlarni boshqarish jarayoni tashkil etilmaganligi uchun 100 mln so‘m jarima belgilangan. Bank tomonidan isteʼmolchi — jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomalarida kreditning to‘liq qiymati aks ettirilmaganda, har bir aniqlangan holat uchun jarima 15 mln so‘m bo‘ladi. Hujjatda moliyaviy institutlar jarima to’laydigan boshqa qonunbuzarliklar ro’yxati keltirilgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda banklar qaysi qoidalarni ko‘proq buzgani haqida e‘lon qilgan edi. Qoidabuzarliklarning aksariyati kreditlar, depozitlar va bank kartalari bilan operatsiyalar bilan bog‘liq. Huquqbuzarliklarning yarmiga yaqini (48 foizi) kreditlar, 29 foizi omonatlarga, 23 foizi bank kartalari bilan operatsiyalarga tegishli.

Shuningdek