O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalga yo‘l oldi
30-yanvar kuni Osiyo Kubogi pley-off bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Tailand vakillari ustidan g‘alaba qozondi.
1-taym 37-daqiqada Diyor Holmatovning uzatmasidan so‘ng Azizbek Turg‘unboyev Tailand darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni O‘zbekiston foydasiga o‘zgartirdi va tabloda 1:0 hisobi bilan 1-taym yakunlandi.
2-taymda esa 58-daqiqada Tailand terma jamoasi chiroyli kombinatsiyadan so‘ng Sarachat Supachok darvozamizga gol urdi va hisob 1:1 o‘zgardi. Biroq, terma jamoamiz 65-daqiqada Jalolidin Masharipov uzatmasidan keyin Abbosbek Fayzullayev raqib darvozasini burchagiga to‘pni yubordi va hisob 2:1 bo‘ldi va o‘yin yakunlandi.
O‘zbekiston-Qatar uchrashuvi 3-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 Al-Xor shahridagi «Al-Bayt» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan durang o‘ynagan edi va guruhdan 2-o‘rinni egallab pley-off bahslariga yo‘llanma olgan edi.