O‘zbekistondagi qaysi banklar dollar sotib olish va sotish uchun qulay kurslarni taklif qilmoqda
eʼlon qilindi
“Kursiv” 30 yanvar holatiga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim etadi
30-yanvar kuni ertalab O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 424 so‘mni tashkil qildi. «Kursiv» bugungi kunda qaysi banklar Amerika valyutasini sotib olish va sotish uchun eng qulay kurslarga ega ekanligini aniqladi.
Soat 9:30 holatiga ko‘ra, «Agrobank» (12 405 so‘m) dollarni eng qulay kursda xarid qilmoqda. «O‘zsanoatqurilishbank», «Garant bank», «Poytaxt bank» (12 ming 400 so‘m), «Mikrokreditbank» va «Uzum bank» (12 ming 390 so‘m)da bu ko‘rsatkich biroz pastroq.
«Oqtobank» (12 435 so‘m), «Xayotbank», «Uzum bank» (12 440 so‘m) va «Asakabank» (12 450 so‘m) Amerika valyutasini qulay kurslarda sotmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 2024-yil uchun dollar kursi bo‘yicha ekspert prognozlari haqida yozgan edi.