Pokistonning sobiq bosh vaziri o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning tarafdorlari apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda
Foto: RIA Novosti

Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini ochiqchasiga oshkor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh vakillari elchi bilan suhbatda «Ukraina bo‘yicha rossiyaparast pozitsiyasi tufayli bosh vazirni lavozimidan chetlashtirishni tavsiya qilganlar».

Xon boshchiligidagi «Adolat harakati» partiyasi bu ishni uydirma, deb hisoblaydi. Uning tarafdorlari apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.

Imron Xon 2022-yilda Pokiston bosh vaziri lavozimidan chetlashtirildi, u 2018-yildan beri hukumatni boshqarib kelayotgan edi. 2023-yilning yozida u korrupsiyada aybdor deb topilib, buning uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Yangi hukm uning saylovda qatnashishini chetlash uchun umumiy saylovdan bir hafta oldin qabul qilingan.

Avvalroq, Peruning sobiq prezidenti Alberto Fuximori 16 yillik qamoqdan so‘ng muddatidan avval ozod etilgani xabar qilingandi.

Shuningdek