Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Lavozimni Abduvohid Ismoilov egalladi
                    
                            
Abduvohid Ismoilov Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Qashqadaryo IIBga Shuhratjon Satvoldiev rahbarlik qilgan.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida yozgan edi.
