
Abduvohid Ismoilov Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Qashqadaryo IIBga Shuhratjon Satvoldiev rahbarlik qilgan.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida yozgan edi.