Qozog‘iston O‘zbekiston bilan suv taqsimoti bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda qo‘shni respublika suv xo‘jaligi vaziri ma’lum qildi
Foto: Piqsels

Qozogʻiston Oʻzbekiston va Xitoy bilan transchegaraviy daryolarda suv taqsimoti boʻyicha shartnomalar imzolash niyatida, deb xabar qildi Kazinform qo‘shni respublika Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitovga tayanib.

«Bu davlatlararo suv munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, vazirlik Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida suv-energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqmoqda», — dedi u.

Nurjigitovning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘istondagi sakkizta suv havzasidan yettitasi transchegaraviy hisoblanadi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston suv iste’moli bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek