Yangiliklar

Rossiyaning yirik zargarlik buyumlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

Toshkent va Samarqandda do‘konlar ochilishi rejalashtirilgan
Foto: Unsplash

Rossiyaning Adamas zargarlik buyumlari tarmog‘i yil oxirigacha O‘zbekistonda do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda, deb yozadi «Kommersant» kompaniya vakillariga tayanib.

Adamas mamlakatimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Belarusda savdo do‘konlarini ochmoqchi. Yil oxirigacha ushbu mamlakatlarda kamida 20 ta tarmoq do‘konlari ochilishi kutilmoqda.

Ma’lumki, Adamas Samarqandda rejalashtirilgan do‘koniga xodimlar qidirmoqda. Kompaniya Toshkentda ham ochiladi.

Adamas – Rossiyaning 80 ta shahridagi 200 dan ortiq do’konlarni o’z ichiga olgan zargarlik buyumlari savdo tarmog’i. 2023-yilda chet elda birinchi savdo do‘koni ochildi: u Qozog’istonning Ostona shahrida faoliyat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, «Sokolov» zargarlik brendi O‘zbekiston bozoriga kirib keladi.